Click to listen highlighted text!

#ommalashtirish Metodik ishlarni ommalashtirish jarayonlari muhokama qilindi

15.04.2026 18:25:33 16 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Baymurat Iztileuov rahbarligida texnik ekspertlar tarkibi a’zolari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida uslubchi D.Aytmuratova texnik ekspertlar tarkibi a’zolarini uslubiy ishlarni texnik ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha tayyorlangan ko‘rsatmalar bilan tanishtirdi.

Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026- yil 27- fevraldagi 84-sonli buyrug‘iga muvofiq, texnik ekspertlar tomonidan quyidagi 7 ta asosiy hujjatning to‘liqligi va texnik talablarga muvofiqligi tekshirilishi belgilandi:

pedagogik kengashning qarori – 2026- yil 27- fevraldan keyingi sana bilan, PDF formatda; metodik ish hajmi – metodik qo‘llanma kamida 20 bet, metodik tavsiya kamida 10 bet (PDF, DOC/DOCX formatlarida); obyektivka – amaldagi ish joyi aniq ko‘rsatilgan holda (PDF formatda); antiplagiat natijasi – originallik darajasi kamida 70 foiz bo‘lishi shart; mutaxassis xulosasi – oliy yoki birinchi toifali yoxud ilmiy unvonga ega mutaxassis tomonidan tayyorlangan va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak; diplom nusxasi – mutaxassislikni tasdiqlovchi hujjat (PDF formatda); hammuallifning roziligi – zarur hollarda imzo va muhr bilan tasdiqlangan hujjat.

Texnik talablarga javob bermagan ishlar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!