Click to listen highlighted text!

XOTIRA – MUQADDAS QADRIYAT

08.05.2026 18:18:07 0 Баспаға шығарыў

🎗2025-yil 8-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “XOTIRA – MUQADDAS QADRIYAT” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir markazning “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi tomonidan o‘tkazilib, unda urush yillarida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, sadoqat va shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlash asosiy maqsad sifatida belgilandi.

Tadbirni kafedra mudiri R. Bauetdinov ochib berib, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi xalqimiz boshidan kechirgan sinovlar, mashaqqat va yo‘qotishlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, yurtimizdagi totuvlik va barqarorlikni asrab-avaylash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani ta’kidlandi.

Tadbir davomida tinglovchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’rlar hamda tarixiy chiqishlar namoyish etildi. Urush qahramonlarining jasorati, front ortidagi fidokorlik va Vatanga muhabbat g‘oyalari badiiy chiqishlarda o‘z aksini topdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!