Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi tashabbusi bilan kimyo fani tinglovchilari ishtirokida «Kimyo – bu hayot» mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni kafedra mudiri Q.Turmanov ochib berib, kimyo fanining inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘zlab berdi. Shundan so‘ng kafedra katta o‘qituvchisi A. Esnazarov kimyo nafaqat formulalar va laboratoriyalar, balki tabiat, inson va hayotning ajralmas qismi ekanligini alohida ta’kidladi. Tadbir davomida tinglovchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari va interfaol chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. ✨Tadbir yakunida tinglovchilar kimyo fanini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida o‘qitish, o‘quvchilarda ilm-fanga qiziqishni oshirish va innovatsion metodlardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdi.




