Click to listen highlighted text!

O‘quvchi-yoshlar orasida sog‘lom muhitni yaratish

22.06.2026 17:34:23 12 Баспаға шығарыў

22-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlarni giyohvandlik va boshqa zararli odatlar, shuningdek, turli salbiy illatlardan asrash, ularda sog‘lom turmush tarziga rioya etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va hayotiy immunitetni shakllantirishdan iborat. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan giyohvandlikka qarshi profilaktik ishlarni tizimli va samarali tashkil etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularni sport va ijodiy to‘garaklarga keng jalb etish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan muhim taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, tadbir doirasida tinglovchilar tomonidan «Giyohvandlik qurboni bo‘lgan o‘quvchi» nomli sahna ko‘rinishi (pantomima) namoyish etildi. Ushbu sahna ko‘rinishi orqali zararli odatlarning inson hayotiga salbiy ta’siri va yoshlarning noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolishining oqibatlari badiiy ifodalanib, ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!