Click to listen highlighted text!

📚 «Yil o‘qituvchisi»: uchinchi bosqich sinovlari qizg‘in davom etmoqda

29.07.2026 13:38:38 91 Баспаға шығарыў

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Yil o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqichi doirasidagi sinovlar davom etmoqda. Bugungi sinovlarda ishtirokchilar o‘zlarining pedagogik faoliyati, kasbiy yutuqlari, ilg‘or ish tajribasi hamda ta’lim jarayoniga joriy etayotgan innovatsion yondashuvlari yuzasidan taqdimotlar bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, ularning raqamli pedagogika yo‘nalishidagi faoliyati va kasbiy tajribani ommalashtirish borasidagi ishlari ham belgilangan mezonlar asosida baholandi. Hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokchilarning chiqishlarini tanlov nizomida belgilangan mezonlar asosida xolislik, shaffoflik va adolatlilik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda baholamoqda. Tanlovning uchinchi bosqichi davom etadi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!