Click to listen highlighted text!

“Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinovlari bugun yakunlanadi

30.07.2026 10:11:31 1 Баспаға шығарыў

 Pedagogik mahorat markazida yuksak bilim va kasbiy tajribaga ega pedagoglarning mahorat maydoniga aylangan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinovlari qizg‘in davom etmoqda. Unda respublikamizning 17 ta tuman (shahar)idan jami 34 nafar pedagog ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatini namoyish etmoqda. Mazkur bosqichda ishtirokchilar 100 ballik tizim asosida quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha baholanmoqda:  Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat – nomzodlarning shaxsiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlashi, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy faoliyati hamda ilgari surgan tashabbuslari bo‘yicha tayyorlagan taqdimoti 20 ballik tizim asosida baholanadi.  Kitobxonlik bo‘yicha test sinovi – bugun tavsiya etilgan adabiyotlar asosida tuzilgan 40 ta test savoli orqali ishtirokchilarning bilim darajasi aniqlanadi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha maksimal 80 ball to‘plash imkoniyati mavjud.

Back To Top
Click to listen highlighted text!