“Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari” kafedrasi tomonidan tajribali tadqiqotchi ustoz oʻqituvchisi Ulbosin Atajanova bilan ushrashuv kechasi oʻtkazildi. Unda pedagogika markazi professor-oʻqituvchilari va boshlang‘ish taʼlimni rivojlantirish kurslari tinglovchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda kafedraning katta oʻqituvchilari Perdexan Saliyeva va Ziyuar Tajekbayeva , axborot-resurs bo‘limi boshlig‘i Turdibay Orazov soʻzga chiqdi va U.Otajanovaning umir yoʻli ilmiy mehnatlari, tadqiqot ishlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Eslatib o’tamiz: tajribali tadqiqotchi ustoz Ulbosin Atajanovaning “Ustozlar ilhomi”, “Bolalikni eslab”, “Bobam bilan faxrlanaman”, “Qoraqalpog‘istonim-hamkorligim, PRIDE ON KARAKAPAKSTAN” badiiy adabiy ham ilmiy, badiiy publisistik kitoblarini nashrdan chiqargan.
So‘ngida yozuvchi bilan tinglovchilar suhbatlashib, kitoblari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.