Click to listen highlighted text!

Ko‘p kitob o‘qigan tinglovchi “tashakkurnoma” bilan taqdirlandi

27.05.2024 10:19:09 75 Баспаға шығарыў

Joriy yilning 23-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi o’qituvchilarni yangi metodikalarga urgatish milliy markazi tinglovchilar turar joyida “Kitob olamiga sayohat” mavzusida ochiq suhbat o‘tkazildi. Tadbir “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkillashtirildi. Kafedra mudiri Ravaj Bauetdinov, axborot – resurs bo‘limi boshlig‘i T.Orazovlar so‘zga chiqib, mamlakatimizda kitob o‘qishni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, kitobning inson hayotidagi ahamiyati, insonning ma’naviy olami kitob mutolaasi bilan boyitiladi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Hozirgi kunda pedagogika markazning axborot-resurs fondida 15838 ta o‘quv materiali mavjud. Ulardan 15 ming 483 nusxa adabiy asarlar, 500 dan ortiq elektron kitoblar, 335 nusxa uslubiy qo‘llanmalar hisobga olingan.

Pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qog‘oz va elektron ko‘rinishda axborot-resurs bo‘limiga taqdim etiladi. Tinglovchilar o‘z bilimlarini oshirish uchun ushbu materiallardan foydalanmoqda. Tadbirda tinglovchilarning eng so‘nggi o‘qilgan adabiy kitoblari haqida gapirib, ularni mantiqiy savollar bilan sinovdan o‘tkazdi va ko‘p kitob o‘qigan tinglovchilarni “Tashakkurnoma” bilan taqdirladi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!