Click to listen highlighted text!

Tok manbalari

03.06.2024 10:27:51 68 Баспаға шығарыў

     Qoraqalpog’iston Respublikasi pedagoglarni yangi metodlarga o’rgatish milliy markazining metodik xizmat ko’rsatish bo’limining fizika va astronomiya fani metodisti J.Berdiboev “Tok manbai”mavzusida metodistlarga mahorat darsi o’tdi.

     Darsda metodistlarga tok manbai haqida ma’lumot berdi.O’tkazgichga ulangan lampochka uzoq vaqt yonib turishi uchun uzluksiz elektr tokini paydo etuvchi –tok manbai bo’lishi zarur.Galvanik element:Elektron soat,televizor va avtoulagich kabi asboblarda elektr tok manbai sifatida galvanik elementlardan foydalaniladi.Ularning hammasida kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi.Yeng oddiy galvanikalik element sulfat kislotasining suvdagi eritmasiga botirilgan sink(Zn) va mis (Cu)plastinkalaridan iborat.Sink va kislotaning o’zaro kimyoviy reaksiasida sink plastinkasi erib (+)musbat zaryadli bo’laklarni (ionlarni)eritmaga berib o’zi (-)manfiy zaryadlanadi.Musbat ionlar mis plastinkada to’planadi.Zaryadlangan plastinkalar orasida elektr maydon yuzaga keladi.Agar mis va sink plastinkalari yani galvanikalik element polyuslari o’tkazgich orqali lampochkaga ulansa o’tkazgichdan tok o’tadi va lampochka yonadi.

     Hozirgi vaqtda turli galvanikalik elementlar bor.Galvanikalik elementlarning kuchlanishini oshirish uchun ko’pchilik hollarda ular bir-biri bilan ketma-ket ulanadi.Bunday ketma-ket ulangan elementlarga galvanikalik elementlar batareyasi deyiladi.

     Ko’chma radio,televizor pulti kabilarga galvanikalik element –batareya qo’yiladi. Quyosh batareyasi Hozirgi vaqtda suv,issiqlik,atom va shamolelektrostansiyalari bilan bir qatorda fotoelektrstansiyalardan ham keng turda foydalanilmoqda.Fotoelektrstansiyalar quyoshdan keladigan yorug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylandirib beradi.

     Bu stansiyalar atrof muhitni ifloslandirmaydi.Yorug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylandirib beruvchi qurulma(moslama) fotoelement deb ataladi.Quyoshdagi rasmda fotoelementlardan tuzulgan quyosh batareyasi keltirilgan.

 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!