Seminarning maqsadi: Yangi avlod dasturi asosida yangidan kiritilgan murakkab mavzularni texnologiya guruhi tinglovchilariga oʻrgatish va ularning kasbiy kompetentligini oshirishga metodik yordam berishdan iborat.
Seminarning vazifalari: Zamanaviy ta’lim tizimida oʻqituvchi kompetentligini oshirish; murakkab darslarni samarali tashkil qilish usullari; fanlararo bogʻliqlik asosida dars jarayonini tashkil qilish usullari bilan tanishtirish;
Seminar davomida:
Qaroqalpogʻiston Respublikası Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi “Ámaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi” professori, sotsiologiya fanlar nomzodi, dotsent N.Ibragimova oʻzining Texnologiya darslarini tashkillashtirish usullari boʻyicha:
“3D ruchkalar haqida tushuncha va unda har xil geometrik shakllar yasash”, “Polimer loyi haqida tushuncha va ulardan buyumlar yasah”; “Kasblar klassifikaciyasi. Kasblarda mehnat turlarining ta’rifi” mavzulari koʻrgazmali tashkil qilindi. Seminar soʻngida tinglovchilar bilan fikr mulohazalar olib borildi.