«Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi mudiri R.Bavatdinov va Ellikqal’a tumanidagi 73-maktabning tarix fani o‘qituvchisi R.Durdibayevlar tomonidan uzluksiz kasbiy rivojlanish «Tarix» guruhida «Tarix darslarida interaktiv taqdimotlar tayyorlash» mavzusida binar dars o‘tkazildi.Darsda tarix fanida o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish, ularni to‘liq dars jarayoniga qamrab olish va mavzu mazmunini o‘zlashtirishini yanada yaxshilash maqsadida interaktiv taqdimotlar tayyorlash muhimligiga keng to‘xtalib o‘tildi.Tarix darslarida interfaol taqdimotlardan turli topshiriqlar guruhlarga bajarish uchun berildi. Tinglovchilar tomonidan namuna asosida taqdimotlar yaratish bo‘yicha amaliy ishlar qilindi. Darsda namoyish etilgan yangi ma’lumotlar tinglovchilarda qiziqish uyg‘otdi. Turli mavzularda mavzu mohiyatini chuqur ochib berish uchun zarur bo‘lgan jihatlar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.