Pedagogik mahorat markazida «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi dotsenti N.Tleumuratova tomonidan professor-o‘qituvchilar va metodistlar uchun «Analitik fikrlashni rivojlantirish usulida ta’lim berish asoslari» mavzusida seminar o‘tkazildi.
Maqsad: ta’lim jarayonida o‘quvchilarda tahliliy fikrlashni shakllantirish, pedagoglarda bu qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan metod va texnologiyalar bilan tanishtirish hamda ularni amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirish.
Seminar davomida:
Ta’limda tahliliy fikrlashni rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslari;
Dars jarayonida tahliliy fikrlashni faollashtiruvchi metod va texnologiyalar;
Fanlar kesimida amaliy ishlanmalar taqdimoti;
Pedagogik faoliyatda tahlil va munozara yuritish faoliyatini shakllantirish;
STEAM va PISA tizimlari tahliliga asoslangan topshiriqlar tahlili;
Baholash mezonlari, tanqidiy va tahliliy fikrlash uyg‘unligi;
O‘qituvchining shaxsiy kasbiy faoliyatida tahliliy yondashuvning o‘rni.
Mavzu bo‘yicha ilmiy-nazariy tushunchalar, asosiy ta’limga oid yondashuvlar va xalqaro tajribalar haqida ma’lumotlar berildi.
Seminarda ishtirokchilar berilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish, yechim taklif etish va uni asoslab berish bo‘yicha ish olib bordi. Muammoli vazifalarni hal etishda fikr almashishlar va izchil yondashuvni shakllantirishga e’tibor qaratildi.