Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida millatlararo totuvlikni mustahkamlashga, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni ta’minlashga, ular o‘rtasida bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhitini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi tashabbusi bilan «Zamonamiz qahramonlari» mavzusida tonggi tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – tinglovchilar orasida insonparvarlik, o‘zaro hurmat, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va tinchlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlashga va keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilish, shuningdek, mamlakat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan qahramonlarni tanishtirish.
Tadbir davomida zamonamizning fidoyi insonlari – yozuvchilar, o‘qituvchilar, olimlar va boshqa soha vakillarining Vatan taraqqiyoti yo‘lida ko‘rsatayotgan jasorati va fidoyiligi haqida ma’lumotlar berilib, ularning insonparvarlik xizmatlari targ‘ib qilindi.