Click to listen highlighted text!

«Bolalarga turli usulda rasm chizishni o‘rgatish» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

16.06.2025 16:43:19 71 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi katta o‘qituvchisi Tumaris Aymuhammedova tomonidan «Bolalarga turli usulda rasm chizishni o‘rgatish» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Dars bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, estetik didi va badiiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan turli innovatsion metodlar asosida olib borildi.

Barmoq izlari yordamida rasm yaratish, shablonlardan foydalanish, puantilizm, klyaksografiya va rasm chizishning boshqa noan’anaviy usullari orqali tinglovchilarga amaliy mashg‘ulotlar ko‘rsatildi. Bu usullarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari yaxshi o‘zlashtirib, o‘zlarining pedagogik faoliyatida qo‘llash bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

Ochiq darsga Pedagogik mahorat markazi direktori Venera Bekmuratova va kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, darsning tashkil etilishiga yuqori baho berildi va ular tomonidan bunday ochiq darslar nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarni boyitishga, balki tarbiyachilarda yangi g‘oyalarni shakllantirishga ham xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Dars yakunida tinglovchilar fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, kundalik amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan foydali yondashuvlarga ega bo‘ldi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!