Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida maktabgacha ta’lim tizimi pedagoglari ishtirokida 18 soatlik qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi. 📊 Muhim 90 kun doirasida bo‘lib o‘tgan ushbu o‘quv kurslarida tajribali mutaxassislar tomonidan: ➖ Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish, ➖ta’lim va tarbiya jarayonlariga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ➖ xalqaro tajribalar asosida pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ➖yangi dasturlar bilan ishlash kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etildi. ⌛ Jarayonlar shu yilning iyun-avgust oylarida kaskad usulida davom etadi.