Click to listen highlighted text!

Markaziy Osiyo taraqqiyotining yangi bosqichi

26.12.2025 12:28:10 33 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 13–14-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi sammiti doirasida amalga oshirilgan uchrashuv va tadbirlar yuzasidan “Ma’naviyat soati” tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 13-noyabr 2025-yilda Xalq so‘zi gazetasida e’lon qilingan “Markaziy Osiyo yangi davr bo‘sag‘asida” nomli maqolasi muhokama qilindi. Ma’naviyat soatida Pedagogik mahorat markazining professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar. Tadbirni ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri, t.i.k. docent R. Bauetdinov olib bordi. U o‘z nutqida Prezidentimiz maqolasida ilgari surilgan g‘oyalar — Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash, barqaror rivojlanish, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashning dolzarbligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tadbirda mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytirish tashabbuslari tahlil qilindi. Tadbir yakunida pedagogik faoliyatda ushbu g‘oyalarni joriy etish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha xulosa va takliflar bildirildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!