Click to listen highlighted text!

SOVG‘ALAR TOPSHIRILDI, EZGU TILAKLAR BILDIRILDI

30.12.2025 12:59:21 31 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Yangi yil bayrami munosabati bilan “Yangi yil — yangi umidlar!” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Pedagogik mahorat markazi direktori vazifasini bajaruvchi Baymurat Iztileuov so‘zga chiqib, markaz jamoasini kirib kelayotgan 2026 yil bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida u xodimlarning yil davomida amalga oshirgan samarali mehnati, mas’uliyatli faoliyati va ta’lim sohasidagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Shuningdek, yil davomida namuna ko‘rsatgan xodimlarni markaz ma’muriyati nomidan «Hurmat yorliqlari» bilan taqdirladi.

Tadbir yakunida Pedagogik mahorat markazi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan Yangi yil sovg‘alari barcha xodimlarga tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tadbir jamoada bayramona kayfiyat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamladi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!