Click to listen highlighted text!

QADRLI VATANDOSHLAR, MUHTARAM USTOZLAR VA HAMKASBLAR!

05.01.2026 09:18:18 29 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan barchangizni o‘zgacha quvonch va umid bag‘ishlab, ulkan bunyodkorlik ishlariga ruhlantirayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklayman. Boshlanajak 2026 yil ham yurtimiz tarixida, ayniqsa, ta’lim sohasidagi fidoyi xodimlar uchun ko‘plab yutuq va yangilanishlarga to‘la yil bo‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘liq, uzoq umr tilaymiz! Yangi yil yangi baxt, o‘yin-kulgi va ajib tuyg‘ular eshiklarini ochsin. Inson qadri birinchi o‘ringa qo‘yilgan yurtimizda qadringiz bundan-da baland bo‘lsin! Barchangizni o‘z nomimdan va Pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan Yangi yil bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklab, mustahkam sog‘liq, oilalaringizga omonlik, mas’uliyatli va mashaqqatli ishlaringizda bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat, ulkan zafarlar tilayman. Hurmat bilan, IZTILEUOV BAYMURAT DOYIROVICH Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori v.v.b.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!