Click to listen highlighted text!

Pedagogik mahorat markazida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

19.01.2026 11:57:12 11 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida tinglovchilarning mantiqiy bilimlarini oshirish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbirda markazning malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan umumta’lim maktablari o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Intellektual musobaqa «Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari metodikasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi.

O‘yinning asosiy maqsadi: Ishtirokchilarning kasbiy mahoratini va mantiqiy tafakkurini yuksaltirish; Pedagogik faoliyatda uchraydigan murakkab vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmasini rivojlantirish; Tinglovchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va ijodiy hamkorlikni mustahkamlash.

Bellashuvda tinglovchilardan tashkil topgan «Lider» va «Mas’ullar» jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar. Ishtirokchilarning bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyati bir nechta bosqichdan iborat murakkab va qiziqarli savollar orqali sinovdan o‘tkazildi.

 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!