Click to listen highlighted text!

Ko’rgazma Iqbol

19.01.2026 12:04:34 14 Баспаға шығарыў

2026 yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi Ko‘rgazmalar saroyida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zosi Sarsenbay Baybosinovning «Iqbol» nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilishi va yaqinda nashrdan chiqqan rassom ijodiga bag‘ishlangan albom-katalog taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri G. Smaylova hamda “Tasviriy san’at va chizmachilik” kursi tinglovchilari faol ishtirok etdilar.

Ko‘rgazmada muallifning so‘nggi yillarda yaratgan 300 dan ortiq badiiy asarlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Ekspozitsiya etyud, manzara, portret, natyurmort va boshqa janrlardagi asarlardan iborat bo‘lib, milliy an’analar bilan zamonaviy badiiy tafakkur uyg‘unligini namoyish etishga yo‘naltirilgan.

Tadbir doirasida taqdim etilgan albom-katalog Sarsenbay Baybosinovning ijodiy yo‘lini qamrab olib, uning badiiy uslubi, falsafiy tafakkuri va puantilizm uslubidagi o‘ziga xosliklarini ochib beradi. Nashrda muallifning tanlangan asarlari o‘rin olgan bo‘lib, bu nashr rassom ijodini o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim manba hisoblanadi. Ko‘rgazma kurs tinglovchilarida katta estetik taassurot qoldirdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!