Click to listen highlighted text!

#Amir_Temur #690_yilligi Buyuk sarkardaning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlandi

10.04.2026 15:58:43 13 Баспаға шығарыў

9-aprel buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temurning tug‘ilgan kuni mamlakatimiz bo‘ylab keng tarzda nishonlanadi. «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi tomonidan buyuk sarkardaning 690 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan «Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Amir Temurning hayot yo‘li, mamlakat qurishdagi erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritdi. ️ Amir Temur ️ Tarixchilarning ta’riflashicha o‘rta asrning mashhur davlat va harbiy arboblaridan biri bo‘lib, Yevropa olimlari o‘z asarlarida uning muhim fazilatlarini alohida ta’kidlagan. ️ Tadbir so‘ngida tinglovchilar tomonidan buyuk sarkardaning hayot yo‘li haqida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!