Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida matematika va informatika yo‘nalishi tinglovchilari uchun xalqaro ekspert Albert De La Peña tomonidan «Matematika, Informatika va IT fanlarini o‘qitishda darslaringiz darajasini oshiring: Interaktiv o‘yinlarning kuchi» mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur kasbiy rivojlanish darsi interfaol o‘yin strategiyalaridan foydalanish orqali dars jarayonini takomillashtirishga qaratildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘quvchilarning faolligi, qiziqishi va tushunish darajasini oshirishga xizmat qiladigan kompyuterli hamda kompyutersiz interaktiv o‘yin turlari bilan tanishdi.
Amaliy topshiriqlar orqali o‘qituvchilar ushbu interfaol o‘yinlarni matematika, informatika va IT fanlarini o‘qitishda samarali integratsiyalash, shuningdek, dinamik va o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.



