20-aprel kuni Nukus shahri Pedagogik mahorat markazida “Ilk qadam” dasturini joriy etish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining 2-bosqichi boshlandi.
Ushbu o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tashabbusi bilan, xalqaro tashkilotlar – UNICEF, Islom taraqqiyot banki (ISDB), Arab muvofiqlashtiruvchi guruhi (ACG) va Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE) ko‘magida amalga oshirilmoqda. Maqsad: ta’lim sifatini oshirish pedagoglar salohiyatini rivojlantirish zamonaviy metodlarni joriy etish
Treninglar 20–22-aprel kunlari davom etadi.



