Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish va metodik salohiyatini mustahkamlash maqsadida Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining katta o‘qituvchisi Dilfuza Qutlimuratova tomonidan «Sinektika metodi» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda markaz direktori Gulistan Kojabaeva ishtirok etib, zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, sinektika metodi o‘qituvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, dars samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning faolligini kuchaytirishda muhim vosita ekanini alohida ta’kidladi. Seminar davomida ishtirokchilarga sinektika metodining mazmun-mohiyati, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va amaliy qo‘llash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, innovatsion yondashuvlar asosida muammolarni ijodiy hal etish usullari amaliy darslar orqali ko‘rsatildi. Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashish, fikr-mulohazalar bildirish va metodni amaliyotga samarali tatbiq etish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.













