Click to listen highlighted text!

#Fransiya Qoraqalpog‘istonlik pedagoglar Frankofoniya xalqaro malaka oshirmoqda

19.05.2026 18:25:55 37 Баспаға шығарыў

A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hamda Fransiyaning Frankofoniya markazi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi doirasida ayni kunlarda o‘zbekistonlik pedagoglar Fransiyaning Nitssa shahrida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda. Mazkur xalqaro o‘quv dasturi o‘zining kreativ yondashuvi bilan ahamiyatli bo‘lib, mashg‘ulotlarning asosiy qismi an’anaviy auditoriyalardan tashqari — ochiq osmon ostida tashkil etilmoqda. Aix-en-Provence instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan 10 kunlik o‘quv kurslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi xodimlari: ➖ Aygul Berdimuratova — “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari metodikasi” katta o‘qituvchisi; ➖ Joldasbay Dalibaev — Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi faol ishtirok etmoqda. ➖ O‘quv kursi yakunida barcha ishtirokchilarga Frankofoniya markazi hamda Aix-en-Provence instituti tomonidan xalqaro sertifikatlar topshiriladi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!