Click to listen highlighted text!

PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA MEDIA-TUR TASHKIL ETILDI

22.05.2026 15:49:03 14 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media-tur tashkil etildi. Media turning asosiy maqsadi: markaz faoliyati, uzluksiz kasbiy rivojlanish kurslarining tashkil etilishi, professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy innovatsion texnologiyalar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish. Tadbirda respublikamizda faoliyat yuritayotgan markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Media-tur davomida ishtirokchilar markazdagi o‘quv jarayonlari, ochiq darslar, zamonaviy ta’lim metodlari va tinglovchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, markazda amalga oshirilayotgan islohotlar, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!