Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida sentabr oyida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari o‘tkazildi.
Yakuniy baholash jarayoni test sinovlari hamda malaka ishlarini himoya qilish shakllarida tashkil etilib, tinglovchilar kurs davomida egallagan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash mahoratini namoyish etdilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva yakuniy attestatsiya jarayonida ishtirok etib, tinglovchilarning sinov jarayonini kuzatdi hamda malaka oshirishning kasbiy rivojlanishdagi ahamiyatini ta’kidladi.
Attestatsiya jarayoni tinglovchilarning kurs davomida egallagan amaliy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, shuningdek, kasbiy faoliyatini yanada takomillashtirish uchun zarur tavsiyalar olish imkonini berdi.





