Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy-metodik kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari G. Baytileuova va G. Orinbaeva tomonidan “Mnemotexnika usuli” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar davomida ishtirokchilar mnemotexnik topshiriqlarni bajarish orqali axborotni samarali yodda saqlash usullarini amaliy mashg‘ulotlar asosida sinab ko‘rdilar. Seminarda yakunida ishtirokchilar mnemotexnika usulini ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.





