Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish, energiyani saqlashning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish va yangi energetika yo‘laklarini yaratishni yaxshiroq muvofiqlashtirish imkonini beruvchi kam uglerodli energetika salohiyati bo‘yicha qo‘shma konsepsiyani tayyorlash taklifi bildirildi; Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar o‘n yilligi to‘g‘risidagi umumiy tashabbusni to‘liq amalga oshirish muhimligi qayd etildi; O‘zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasida raislik […]
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (birinchi qism):
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi munosabatlarning muhiti o‘zgardi, yetakchilar tez-tez uchrashib, masalalarni ochiq muhokama qilib, yechimlar topib, bir-birini qo‘llab-quvvatlay boshladi; XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzish jarayonlarining yakunlanishi tarixiy voqea bo‘ldi; Mintaqa xalqaro maydonda ancha ishonchli va sezilarliroq tarzda namoyon bo‘lmoqda; Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikning […]
#Mnemotexnika TA’LIM JARAYONIDA AXBOROTNI YODDA SAQLASHNING SAMARALI USULLARI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy-metodik kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari G. Baytileuova va G. Orinbaeva tomonidan “Mnemotexnika usuli” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar davomida ishtirokchilar mnemotexnik topshiriqlarni bajarish orqali axborotni samarali yodda saqlash usullarini amaliy mashg‘ulotlar asosida sinab […]
Qatag‘on qurbonlari xotirlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori G.Kojabayeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashi apparatining Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri G.Tlepov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi boshlig‘i M.Davilbayev, markazning professor-o‘qituvchilari […]




