🎥Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida oktabr oyiga mo‘ljallangan pedagoglarning kasbiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan malaka oshirish kurslari boshlandi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘zlashtirish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, oy davomida amaliy mashg‘ulotlar, seminar-treninglar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
#KasbiyRivojlanishKuni #IjtimoiyFanlar Tayanch maktablarda pedagoglarning kasbiy rivojlanish tadbiri boshlandi
Bugun respublikamizdagi tayanch maktablarda Ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlandi. Tadbirlar “Ijtimoiy-emotsional ta’lim (SEL) asosida pedagogning kasbiy farovonligi va barqarorligini ta’minlash — samarali ta’limning asosiy omili” mavzusida o‘tkazilmoqda. Tadbirlarning asosiy natijalari: pedagoglarning ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarini rivojlantirish; kasbiy zo‘riqishlarni boshqarish va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish; dars jarayonida SEL yondashuvlaridan samarali foydalanish usullarini […]




