Click to listen highlighted text!

Oy: Sentabr 2026

MENTOR-TRENERLAR 3 KUN DAVOMIDA NIMALARNI O‘RGANDI?

🎥Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan 3 kunlik “Mentor-trenerlarni tayyorlash bo‘yicha trening” davomida ishtirokchilar tajribali master-trenerlardan zamonaviy metod va pedagogik texnologiyalarni o‘rgandi. 🔹 SEL asosida pedagogning kasbiy farovonligini ta’minlash usullari; 🔹 “Kelajak soatlari” samaradorligini oshirishda pedagogning roli; 🔹 sinf amaliyotini tadqiq etish va dalillarga asoslangan ta’limni tashkil etish texnologiyalari; 🔹 ta’lim jarayonini pedagogik refleksiya […]

TA’LIMDA NATIJADORLIKKA ERISHISHNING INNOVATSION YECHIMLARI

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ommalashtirish hamda kasbiy-metodik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi. “Sotsial-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S. Usenov tomonidan “O‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishda yangi innovatsiyalar” mavzusida o‘tkazilgan seminarda: ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik tajribalardan foydalanish imkoniyatlari; o‘quvchilarning bilish faoliyati […]

BILIM VA MAHORAT SINOVDAN O‘TDI

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida sentabr oyida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari o‘tkazildi. Yakuniy baholash jarayoni test sinovlari hamda malaka ishlarini himoya qilish shakllarida tashkil etilib, tinglovchilar kurs davomida egallagan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash mahoratini namoyish etdilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva […]

MENTOR-TRENERLARNI TAYYORLASH BO‘YICHA TRENING: AMALIY MASHG‘ULOTLAR BOSHLANDI

 Qaraqalpaqstan Respublikası Pedagogikalıq sheberlik orayında «Kásiplik rawajlanıw kúni» hám «Kásiplik rawajlanıw saatı» ilajları sheńberinde mentor-trenerlerdi tayarlaw boyınsha ótkerilip atırǵan úsh kúnlik trening óz jumısın basladı. Ilajdıń ashılıw máresiminde oray direktorı Gulistan Kojabaeva treningtiń maqset hám wazıypaları, sonday-aq, 2026-2027-oqıw jılında «Kásiplik rawajlanıw kúni» hám «Kásiplik rawajlanıw saatı» ilajların nátiyjeli shólkemlestiriwde mentor-trenerlerdiń ornı haqqında aytıp ótti. “Mentor-trenerlarni […]

Trener (mentor)lar va yetakchi pedagoglar ro‘yxati

Qорaqalpogiston Respublikasida Metodik mahorat soati” va “Metodik mahorat kuni” tadbirlari tashkil qilinadigan tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ularga biriktirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, trener (mentor)lar va yetakchi pedagoglar ro‘yxati QR_MMK_MMS master, mentor, yetakchi, tayanch buyruq

#Sayyor_qabul E’LON

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Kojabayeva Gulistan Talasbaevnaning jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli o‘tkaziladi. Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi 📅 Sana: 2026-yil 23-sentyabr ⏰ Vaqti: 10:00 Sayyor qabul davomida fuqarolar hamda yuridik shaxslarning Pedagogik mahorat markazi faoliyatiga oid murojaatlari, taklif va muammolari tinglanadi. Agar mazkur sohaga oid taklif va fikrlaringiz bo‘lsa, […]

ZAKOVAT – BILIM VA AQL MAYDONI!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari kursi tinglovchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad tinglovchilarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Qizg‘in kechgan bahslarda 4 ta jamoa mantiqiy savollar […]

UCH KUNLIK O‘QUV SEMINARI YAKUNLANDI

“Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan uch kunlik o‘quv seminari o‘z nihoyasiga yetdi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulzar Baytileuova hamda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti Ajiniyoz Otarbaev master-trener sifatida ishtirok etdilar. Seminar davomida ishtirokchilar “Metodik mahorat kuni” […]

Back To Top
Click to listen highlighted text!