Click to listen highlighted text!

Qoraqalpoğiston respublikasi pedagogik mahorat markazining “pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, professor Marat Utepbergenov davlat granti ğolibi böldi

10.11.2026 14:02:06 12 Баспаға шығарыў

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan “Jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etişga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etiş” mavzusida e’lon qilingan davlat granti tanlovida Qoraqalpoğiston Respublikasidan ğolib bölgan fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga maxsus sertifikatlar topşirildi. Quvonarlisi, ğoliblar qatorida Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, professor Marat Utepbergenov ham bor. Professor Marat Utepbergenov rahbarligida taqdim etilgan “Zöravonlikka qarşi ma’rifat” loyihasi davlat granti tanlovida ğolib deb topildi. Grant doirasida umumta’lim maktablarining yuqori sinf öquvçilari örtasida jinsiy tarbiya va reproduktiv salomatlik böyiça tuşuntiriş işlarini olib boriş, erta va majburiy nikohning oldini oliş, zöravonlik, iqtisodiy hamda psixologik tazyiqning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oşiriş, şuningdek, yoşlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirişga qaratilgan ma’rifiy-tarğibot tadbirlarini amalga oşiriş közda tutilgan.

Back To Top
Click to listen highlighted text!