Maktabgacha va maktab talimi vazirligi Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan maktab direktorlari va wqituvchilar malakasini oshirish, maktablar wquv dasturini takomillashtirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy qilish bwyicha hamkorlik aloqalarni wrnatgan.
Hamkorlik doirasida Maktabgacha va maktab talimi vazirligi boshchiligida Singapur “Marshall Cavendish Education” talim tashkilotining 16 nafar ekspertlari tomonidan joriy yilning 10-14 iyun kunlari 100 nafar maktab direktorlari va 60 nafar hududiy koordinatorlar uchun Liderlik va wzgarishlarni boshqarish bwyicha trening kurslari olib borildi. Shuningdek, 8-12 iyul kunlari esa 200 nafar master-trenerlar (matematika va tabiiy fanlar (Science) wqituvchilari) va 60 nafar koordinatorlari (metodistlar) uchun 5 kunlik xalqaro darajadagi seminar-treninglar tashkil etildi.
Endilikda mazkur kurslar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti masulligida hududiy Pedagogik mahorat markazlari va Qoraqalpoǵiston Respublikasi Maktabgacha va maktab talimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Maktabgacha va maktab talimi boshqarmalari hamkorligida joriy yilning avgust oyidan boshlab, kaskad usulida mamlakatimiz bwylab, hududlar, tuman va shaharlar hamda maktablar darajasida davom ettiriladi.
5-9 avgust kunlari Qoraqalpoǵiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab talimi tuman bwlim boshliqlari (1 martalik), maktab rahbarlari, matematika va tabiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) wqituvchilarni kaskad usulida wqitish maqsadida wquv-treninglarni tashkil etilmoqda.
Qoraqalpoǵiston Respublikasi pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro talim tashkiloti bilan hamkorlikda wtkazilgan seminar-treninglarni kaskad usulida davom ettirish jarayonlariga start berildi.
Seminar-trening jarayonlariga 17 nafar tuman (shahar) maktabgacha va maktab talimi bwlimi mudirlari, 35 nafar maktab direktorlari, 37 nafar matematika fani wqituvchilari va 58 nafar tabiiy (Science) fani wqituvchilari qamrab olindi.