Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Muvaffaqiyatli islohotlar–yuqori natijalar” mavzusida o‘tkazilgan konferentsiya doirasidagi seminar–trening  kaskad usulidagi hududiy bosqichlari boshlandi

05.08.2024 17:19:04 55 Баспаға шығарыў

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan maktab direktorlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish, maktablar o‘quv dasturini takomillashtirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha hamkorlik aloqalarni o‘rnatgan.

Hamkorlik doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshchiligida Singapur “Marshall Cavendish Education” ta’lim tashkilotining 16 nafar ekspertlari tomonidan joriy yilning 10-14 iyun kunlari 100 nafar maktab direktorlari va 60 nafar hududiy koordinatorlar uchun Liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish bo‘yicha trening kurslari olib borildi. Shuningdek, 8-12 iyul kunlari esa 200 nafar master-trenerlar (matematika va tabiiy fanlar (Science) o‘qituvchilari) va 60 nafar koordinatorlari (metodistlar) uchun 5 kunlik xalqaro darajadagi seminar-treninglar tashkil etildi.


Endilikda mazkur kurslar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mas’ulligida hududiy Pedagogik mahorat markazlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamkorligida joriy yilning avgust oyidan boshlab, kaskad usulida mamlakatimiz bo‘ylab, hududlar, tuman va shaharlar hamda maktablar darajasida davom ettiriladi.


5-9 avgust kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘lim boshliqlari (1 martalik), maktab rahbarlari, matematika va tabiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) o‘qituvchilarni  kaskad usulida o‘qitish maqsadida o‘quv-treninglarni tashkil etilmoqda.

Qoraqalpog’iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminar-treninglarni kaskad usulida davom ettirish jarayonlariga start berildi.

Seminar-trening jarayonlariga 17 nafar tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlari, 35 nafar maktab direktorlari, 37 nafar matematika fani o‘qituvchilari va 58 nafar tabiiy (Science) fani o‘qituvchilari qamrab olindi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!