Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida «Ixtisoslashtirilgan sinf va maktablarga iqtidorli o‘quvchilarni tanlash va ular bilan ishlash metodikasi» mavzusida trening o‘tkazildi.
Trening pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Trening Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari metodikasi» kafedrasining katta o‘qituvchisi Aygul Berdimuratova tomonidan olib borildi.
Ushbu seminarning asosiy maqsadi – o‘qituvchilarni ixtisoslashtirilgan sinf va maktablarga iqtidorli o‘quvchilarni tanlash va ular bilan samarali ishlash metodikasi bo‘yicha yangicha pedagogik yondashuvlar bilan tanishtirishdir.
Seminar davomida o‘quvchilarning ijodiy va tahliliy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan metodlar, individual yondashuvlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ta’lim jarayonida qo‘llanilishi masalalari muhokama qilinadi.