Click to listen highlighted text!

Bugun O‘zbekiston Qahramoni To‘lepbergen Qayipbergenov tug‘ilgan kun

07.05.2025 16:42:45 87 Баспаға шығарыў

1929-yil 7-may sanasida Kegeyli tumanining Sho‘rtanboy qishlog‘ida (hozirgi Nukus tumani hududida) dunyoga kelgan.

Uning birinchi qissasi «Sekretar» degan nom bilan bosilib chiqadi. Eng dastlabki hikoya va ocherklari «Bloknot so‘zlaydi» nomli to‘plamida chop etildi. Hozirgacha «Muallimga rahmat,» «Sovuq tomchi,» «Uyqusiz tunlar» qissalari, «Qoraqalpoq qizi,» «Qoraqalpoq dostoni,» «Ko‘zning qorachig‘i,» «Qoraqalpoqnoma» asarlari, shuningdek mustaqillik davriga oid «Narigi dunyodagi nomimga xatlar,» «Qalbimning qomusi,» «Turkiynoma» va yana boshqa asarlari hozirgi qoraqalpoq prozasining bundan keyingi rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi.
1974-yili T.Qayipbergenovga «Qoraqalpoq xalq yozuvchisi» degan unvon berildi. Bundan tashqari, Qoshg‘ariy nomidagi xalqaro mukofotning laureati bo‘lib, qator orden va medallar bilan taqdirlandi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!