Click to listen highlighted text!

“Uzluksiz kasbiy rivojlanish: Yil yakuni va natijalari, kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

24.12.2025 15:34:39 61 Баспаға шығарыў

#Matbuot_konferensiyasi

☄️Joriy yilning 24-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Uzluksiz kasbiy rivojlanish: Yil yakuni va natijalari, kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

✔️Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori vazifasini bajaruvchi B. Iztileuov, akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Qaypnazarov, shuningdek, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

📌Matbuot anjumanida Pedagogik mahorat markazi direktorining akademik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari A. Qaypnazarov so‘zga chiqib, 2025-yilda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Jumladan, pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy texnologiyalar asosida malaka oshirish jarayonlarini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.

❓Shuningdek, matbuot konferensiya davomida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!