Click to listen highlighted text!

Xalqaro tadqiqot doirasida o‘qish savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari boshlandi

14.01.2026 14:03:49 18 Баспаға шығарыў

  2026-yil 14-yanvar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida xalqaro tadqiqot doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur trening xalqaro tadqiqot natijalari hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning matnni ongli o‘qish, mazmunini chuqur anglash va tahlil qilish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Trening mashg‘ulotlarida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarining o‘rinbosarlari, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi mutaxassislari hamda sohaga oid ekspertlardan iborat jami 54 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida xalqaro tadqiqotning maqsad va vazifalari, o‘qish savodxonligining nazariy va amaliy asoslari, dalillarga asoslangan didaktik yondashuvlar, shuningdek, bosma va raqamli matnlarni o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan samarali pedagogik usullar yuzasidan ma’ruzalar hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun: trening mashg‘ulotlari joriy yilning 16-yanvar sanasiga qadar davom etadi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!