_Якуний_аттестация_жадвали_сентябрь 📚 Pedagogik mahorat markazida 2026-yil sentyabr оyida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun yakuniy nazorat hamda malaka ishi himoyasini topshirish jadvali e’lon qilinadi. 🗓 Barcha tinglovchilardan belgilangan jadval asosida ishtirok etishlari so‘raladi.
2026-2027-o’quv yilida KRK va KRS tadbirlarini tashkil etishda tayyorlangan master-trenerlarga sertifikatlar topshirildi
Uch kun davom etgan treningda 320 nafar master-trenerlar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, SEL, UDL, sun’iy intellektdan etik foydalanish hamda PISA va TIMSS xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo’ldilar. Xalqaro va milliy trenerlar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ilg‘or metodik yondashuvlar amaliyotda sinovdan o‘tkazildi. Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Endilikda ular o‘z hududlarida “Kasbiy […]
SIFATLI TA’LIM: SUN’IY INTELLEKT VA O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining AXBOROT XATI
Axborot xati_QR_PMM_16.10.2026 (2) QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI “SIFATLI TA’LIM: SUN’IY INTELLEKT VA O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining 16-oktyabr 2026-yil AXBOROT XATI 2026-yil 16-oktyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Sifatli ta’lim: sun’iy intellekt va o‘qitishning zamonaviy usullari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtadi. Anjuman manzili: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat […]
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilgan majlis OAVda yoritildi
3-БЕТ (2) ◾️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida korrupsiyaning oldini olish, jamiyatda halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga bag‘ishlangan «Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli» mavzusida o‘tkazilgan majlis «Erkin Qaraqalpaqstan» gazetasining 2026-yil 12-sentabrdagi №21430-sonida e’lon qilindi.
PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA SENTYABR OYIDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI BOSHLANDI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida sentyabr oyidagi malaka oshirish kurslari boshlandi. Mazkur o‘quv jarayonlari doirasida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. Malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan pedagoglar zamonaviy ta’lim metodlari va innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirib, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada […]
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga
Aziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar! Hurmatli ota-onalar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning […]
Pedagoglar uchun zamonaviy metodik ko‘mak — endi yagona platformada!
🆕 YANGILIK #METODKON #Metodik_xizmat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularga metodik jihatdan ko‘mak berish maqsadida Metodist-consalting — «METODKON» platformasi ishga tushirilmoqda. «METODKON» orqali pedagoglar o‘z kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan metodik materiallar, foydali ma’lumotlar va testlardan foydalanishlari mumkin. 📌 Platformaning pedagoglar uchun eng muhim […]
Nemis tili fani master-trenerlari va mentor-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli o‘quvlar boshlandi
– Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Goethe Instituti bilan hamkorlikda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” (KRK va KRS) tadbirlari doirasida nemis tili fani master-trenerlari va mentor-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli o‘quvlar boshlandi. 24–29-avgust kunlari davom etadigan o‘quvlar ikki guruhda tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar uchun nemis tilini o‘qitishda zamonaviy metodik yondashuvlarga […]
V «MILLIY USTOZLAR FORUMI»
#Ustozlar_forumi 19-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida V «Milliy ustozlar forumi» doirasida yo‘nalishlar bo‘yicha seksiya yig‘ilishlari tashkil etildi. Forumda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari Dilorom Aytmuratova va O‘tkir Matmuratov trener sifatida seksiya ishlarin olib bordi. Sektor yig‘ilishlarida ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
QORAQALPOG‘ISTONDA V «USTOZLAR MILLIY FORUMI»GA START BERILDI
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan «Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori» shiori ostida tashkil etilgan V «Ustozlar milliy forumi»ning Respublika bosqichi o‘z ishini boshladi. Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etib, forum ishtirokchilarini samimiy qutladi va yangi o‘quv yilida pedagoglarga katta […]




