Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan ish rejasi asosida Beruniy tumanidagi 65-maktabda 18–23 avgust kunlari Fizika va Kimyo fanlari kabinet mudirlari uchun qisqa muddatli “Zamonaviy tabiiy fanlar laboratoriyasi” kurslari tashkil etildi. Kursning asosiy maqsadi – fan kabineti hujjatlarini yuritish, ularni to‘g‘ri rasmiylashtirish va amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlash bo‘yicha ustozlarning bilim va ko‘nikmalarini […]
Pedagogik mahorat markazida “Robototexnika” o‘quv kursining 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Ishtirokchilar robotlarni tuzish, dasturlash va boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.
Ijtimoiy-hissiy taʼlim bo‘yicha trening boshlandi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida YUNESKO, M.Gandi nomidagi Ta’lim instituti va Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti bilan birgalikda Ijtimoiy-hissiy taʼlim (SEL) dasturi bo‘yicha treninglar boshlandi. Mazkur dastur ilk bora joriy etilmoqda va unda 40 nafar ustoz ishtirok etmoqda. Treninglar davomida: rahmdillik va o‘z-o‘zini anglash ko‘nikmalarini shakllantirish, […]
«JASORAT MAKTABLARI» O’QITUVCHILARINING MALAKA OSHIRISHI JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Xabaringiz bor, 18–22-avgust kunlari Pedagogik mahorat markazida “Jasorat maktablari” fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar uchun amaliy seminar va malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur kurslar doirasida ishtirokchilar: ✔️ ta’lim jarayoniga oid ilg‘or yondashuvlar bilan tanishmoqda; ✔️ innovatsion metod va texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirmoqda; ✔️ o‘zaro tajriba almashib, kasbiy salohiyatini mustahkamlashmoqda. 🔴Ushbu tashabbus o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, […]
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Robototexnika» o‘quv kurslariga start berildi
Ta’limda zamonaviy innovatsion yondashuvlarni joriy etish maqsadida Pedagogik mahorat markazida «Robototexnika» o‘quv kursi doirasida amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur seminar Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti M. Palwanova tomonidan olib borilmoqda. Seminarning asosiy maqsadi – pedagog kadrlarning robototexnika bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ishtirokchilarga robotlarni tuzish, dasturlash […]



