2025 yil 15-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media-tur tashkil etildi. Tadbir maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish, pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, shuningdek, zamonaviy o‘quv-metodik jarayonlar bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi. Media-tur davomida markaz faoliyati, uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining yo‘lga qo‘yilishi, dars jarayonlarida professor-o‘qituvchilar tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or va […]
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlariga start berildi
▶️4-oktyabr kuni respublika bo‘ylab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushbu jarayonga 19 ta tayanch maktab, 30 nafar mentor ustoz va 734 nafar yetakchi o‘qituvchi jalb etildi. Tadbirlarning asosiy maqsadi o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, kasbiy salohiyatni rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan. Ushbu tadbirlar o‘qituvchilarning tajriba almashishi, […]
Xorijiy hamkorlik doirasida qoraqalpog‘istonlik pedagoglar Ozarbayjonda tajriba oshirmoqda
2025 yil 12-19 oktyabr kunlari Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti Guba filialida «Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalari: xalqaro tajriba va ilg‘or ta’lim modellari» mavzusida xalqaro malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu malaka oshirish dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining professor-o‘qituvchilari – Bayram Utemuratov, Gulmari Smaylova, Ixtiyor Utepov va Tumaris Aymuxammedovalar ishtirok etmoqda. Mazkur xalqaro o‘quv seminari […]
Pedagogik mahorat markazida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
#EDUTALK_WEEKLY Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish va metodik salohiyatini mustahkamlash maqsadida «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasining katta o‘qituvchisi Gulshexra Allaxova tomonidan «O‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish» mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi – ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash, o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatida innovatsion fikrlashni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iborat bo‘ldi. […]
TALIS2024 TALIS 2024 xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilinishi boshlandi!
🌎TALIS 2024 tadqiqotida 55 ta ta’lim tizimlari ishtirok etdi. 💬Tadqiqotda asosan 5–9-sinflarga dars beruvchi o‘qituvchilar va maktab rahbarlari ishtirok etishi belgilangan. 🇺🇿O‘zbekiston ilk marotaba ushbu nufuzli xalqaro tadqiqotda qatnashdi va bunda mamlakatimiz bo‘ylab tanlab olingan 210 ta maktab direktorlari hamda 5–9-sinflarda dars beruvchi 4507 nafar o‘qituvchilar so‘rovnomalarda faol ishtirok etdilar. Tadqiqot natijalarini biz bilan kuzatib […]
#TALIS2024 Birozdan so‘ng TALIS 2024 xalqaro tadqiqotining dastlabki natijalari e’lon qilinadi
📅Bugun, 2025-yil 7-oktyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan TALIS 2024 xalqaro tadqiqotining dastlabki natijalari rasman e’lon qilinadi. 💬Ma’lumot uchun: TALIS (Teaching and Learning International Survey) – 2008-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan xalqaro so‘rovnoma bo‘lib, u o‘qituvchilar va maktab rahbarlarining ish sharoiti, ta’lim muhiti, pedagogik yondashuvlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ishonchli ma’lumot beradi.
«Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari davom etmoqda
4-oktyabr kuni respublika bo‘ylab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushbu jarayonga 19 ta tayanch maktab, 30 nafar mentor ustoz va 734 nafar yetakchi o‘qituvchi jalb etildi. Tadbirlarning asosiy maqsadi o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, kasbiy salohiyatni rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan. Ushbu tadbirlar o‘qituvchilarning tajriba almashishi, […]
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlariga start berildi
2025-yil 4-oktyabr kuni mamlakatimiz bo‘ylab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlariga start berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mazkur jarayonga 19 ta tayanch maktab, 30 nafar mentor hamda 734 nafar yetakchi o‘qituvchi jalb qilindi. Tadbir doirasida quyidagi mavzularda ma’ruzalar va muhokamalar tashkil etildi: Shaxsiy va kasbiy rivojlanishning maqsad va natijalari; Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash […]
Nukusda «Markaziy Osiyo pedagoglari» xalqaro forumi davom etmoqda.
Bugun Nukus shahridagi «Oqqush» majmuasida «Markaziy Osiyo pedagoglari» xalqaro forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova hamda soha vakillari ishtirok etib, mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘qituvchilar mehnatini qadrlash va ta’lim sifatini […]
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Nukus shahridagi Pedagogik mahorat markazi va yotoqxonasining sharoitlari bo‘yicha murojaat tarqalgan. Tarqalgan murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida Pedagogik mahorat markazi yotoqxonasida xato-kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Bugungi kunda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, sanitariya va gigiyena talablariga to‘liq javob beradigan holatda (erkaklar va ayollar uchun […]