Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori G.Ko‘jaboyeva maktabgacha ta’lim tashkilotlari tinglovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Ochiq muloqotning asosiy maqsadi – ta’lim jarayonini takomillashtirish, tinglovchilarning taklif va tashabbuslarini tinglash, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish va ochiq muloqot muhitini yaratish. Uchrashuv davomida tinglovchilar o‘quv darslariga qatnashishi, darslarga bo‘lgan qiziqishi, o‘zlashtirish jarayonidagi tajribalari va amaliy darslarning ahamiyati bo‘yicha […]



