
Ámeliy pánler hám mektepten tısqarı tálim metodikası kafedrası baslıǵı G.Smaylova tárepinen súwretlew óneri hám sızıw páni kursı tıńlawshıları ushın “Felting usılında súwret salıw texnologiyası: dástúriy hám zamanagóylik” atamasında sheberlik sabaǵı shólkemlestirildi.

Usı ilajda Qazaq milliy dizayn akademiyasınıń akademigi T.A.Salieva qatnasıp, tıńlawshılar ushın Felting (jún basıw) texnologiyası boyınsha ámeliy master-klass ótkerdi.
Sheberlik sabaǵınıń tiykarǵı maqseti tıńlawshılardı ámeliy kórkem ónerge keńnen tartıw, qol miynetine bolǵan qızıǵıwshılıǵın arttırıw hám olardıń dóretiwshilik potencialın rawajlandırıwdan ibarat.

Master-klass procesinde felting texnikasınıń tiykarǵı túrleri, sonıń ishinde, ıǵal hám qurǵaq felting usılları menen tanıstırılıp, olardı ámeliyatta qollanıw imkaniyatı jaratıldı.
Sabaq dawamında jún menen islew qaģıydaları, materiallardı duris tańlaw, reńler úylesimliligin támiyinlew hám forma beriw texnikası basqıshpa-basqish túsindirildi.
Qatnasıwshılar óz qolları menen ápiwayı bezew buyımları hám suvenirler tayarlap, ámeliy kónlikpelerin bekkemledi hám dóretiwshilik jumıs penen shuǵıllandı.

“Felting usulida rasm chizish texnologiyasi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi
Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri G. Smaylova tomonidan Tasviriy san’at va chizmachilik fani kursi tinglovchilari uchun “Felting usulida rasm chizish texnologiyasi: an’anaviy va zamonaviylik” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Qozoq milliy dizayn akademiyasi akademigi T.A. Saliyeva ishtirok etib, tinglovchilar uchun Felting (jun bosish) texnologiyasi bo‘yicha amaliy master-klass o‘tkazdi.
Mahorat darsining asosiy maqsadi tinglovchilarni amaliy san’atga keng jalb etish, qo‘l mehnatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat.

Master-klass jarayonida felting texnikasining asosiy turlari, jumladan, nam va quruq felting usullari bilan tanishtirilib, ularni amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratildi.

Dars davomida jun bilan ishlash qoidalari, materiallarni to‘g‘ri tanlash, ranglar uyg‘unligini ta’minlash va shakl berish texnikasi bosqichma-bosqich tushuntirildi. Ishtirokchilar o‘z qo‘llari bilan oddiy bezak buyumlari va suvenirlar tayyorlab, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi hamda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullandi.





