📊Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida xalqaro tajribalarni ommalashtirish va ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva ishtirok etib, bugungi kunda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni milliy ta’lim tizimiga samarali tatbiq etish ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda ta’lim jarayonini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Seminar-treningta Fransiya va Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro malaka oshirish dasturlarida ishtirok etib qaytgan professor-o‘qituvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Seminar davomida Fransiya ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari hamda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga qaratilgan ilg‘or tajribalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan “Empowering Educators: Innovative Strategies for Teaching Teachers” xalqaro kasbiy rivojlanish dasturi doirasida o‘rganilgan innovatsion metodlar, samarali ta’lim strategiyalari va xalqaro tajribalar taqdim etildi. Amaliy mashg‘ulotlarda TAGUL ta’lim dasturlari asosidagi topshiriqlar, «Blind Artist» treningi hamda jamoaviy hamkorlik, kreativ fikrlash va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol mashg‘ulotlar tashkil etildi. Xalqaro tajriba — sifatli ta’lim va professional rivojlanishning muhim omili! 














