Click to listen highlighted text!

ZAKOVAT – BILIM VA AQL MAYDONI!

21.09.2026 17:20:40 10 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari kursi tinglovchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad tinglovchilarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Qizg‘in kechgan bahslarda 4 ta jamoa mantiqiy savollar va turli topshiriqlar orqali o‘z bilim, topqirlik va tezkor fikrlash qobiliyatini namoyon etdi.

Bellashuv yakunlariga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — “Liderlar” jamoasi — g‘olib bo‘ldi.

🥈 2-o‘rin — “Uchqun” jamoasi.

🥉 3-o‘rin — “Grand” jamoasi.

“Liderlar” jamoasi bellashuvning g‘olibi bo‘lib, 1-o‘rinni egalladi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!