Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kurs tinglovchilari uchun Edvard de Bononing «Olti qalpoq» fikrlash metodidan foydalanish mavzusida amaliy master-klass tashkil etildi. Master-klassni Nukus şahridagi 31-sonli umumta’lim maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi, metodik qöllanmalar muallifi Gulnaz Toreniyazova olib bordi. Maşğulot davomida iştirokçilarga Edvard de Bononing “Olti şlyapa” metodining mazmun-mohiyati, asosiy tamoyillari va uni boşlanğiç sinf darslarida samarali qöllaş usullari haqida ma’lumot berildi. Amaliy qismda tinglovçilar guruhlarga bölinib, metodning olti xil fikrlaş yönalişiga mos topşiriqlarni bajardilar. Jarayonda ular muammoga turli nuqtayi nazardan yondaşiş, ma’lumotlarni tahlil qiliş, ijobiy va salbiy jihatlarni baholaş, ijodiy ğoyalar ilgari suriş hamda xulosalar çiqariş böyiça öz bilim va könikmalarini sinovdan ötkazdilar. Ta’kidlaş joizki, “Olti şlyapa” metodi öquvçilarni bir masala yuzasidan turliça fikrlaşga, öz qaraşlarini erkin ifodalaşga, boşqalarning fikrini tinglaşga va asoslangan xulosalar çiqarişga yönaltiradi. 











