Click to listen highlighted text!

Tajriba almashinuvi davom etmoqda

14.11.2025 11:35:25 51 Баспаға шығарыў

 2025-yil 12-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tinglovchilari Nukus shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, ilg‘or tajribalarni o‘rganishdi. Ushbu tashrif Pedagogik mahorat markazi hamda Prezident maktabi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etildi.

«Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi o‘qituvchilari G.Allaxova va G.Ubbiniyazova boshchiligida «Tarix» fani tinglovchilari xalqaro va mahalliy o‘qituvchilarning darslarini kuzatib, zamonaviy ta’lim metodlari bilan tanishdilar. Shuningdek, maktabdagi zamonaviy laboratoriya va kutubxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, innovatsion ta’lim muhiti haqida amaliy tajriba orttirdilar.

Prezident maktabi tarix fani o‘qituvchilari Z.Tajetova va B.Erxanov tomonidan o‘tkazilgan seminarlar davomida «O‘quvchilarning notiqlik qobiliyatlarini rivojlantirish» hamda «Blum taksonomiyasi» metodlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!