Click to listen highlighted text!

O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimi

14.11.2025 11:32:15 24 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi dotsenti Quatbay Turmanov tomonidan Uzluksiz kasbiy rivojlantirish «Informatika» kursida «O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizimi» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Ochiq dars davomida zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini samarali baholashda qo‘llaniladigan vositalar, formativ va summativ baholash turlari hamda ularning amaliyotga tatbiq etilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tinglovchilar yangi baholash tizimining afzalliklari hamda ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ochiq dars amaliy mashg‘ulotlar, interfaol metodlar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!