Click to listen highlighted text!

Maktabgacha ta’limda ijtimoiy-emotsional rivojlanish: metodik mahorat kuni

07.01.2026 12:04:35 35 Баспаға шығарыў

#Metodik_mahorat_kuni   2026-yil 6-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Bolalarda ijtimoiy-emotsional rivojlanishni rag‘batlantirish” mavzusida navbatdagi “Metodik mahorat kuni” tadbirlari o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida bolalarda ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarni shakllantirish, ularning his-tuyg‘ularini anglash va boshqarish, shuningdek, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy moslashuvi va emotsional barqarorligini ta’minlashda samarali metod va texnologiyalardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida ilg‘or pedagogik tajribalar umumlashtirilib, ularni kelgusida ta’lim-tarbiya jarayoniga keng joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.  

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!