Click to listen highlighted text!

#EDUTALK_WEEKLY Ta’limda Pinboard metodidan foydalanish

22.01.2026 15:27:32 4 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar uchun “Pinboard metodi” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-treningni “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi Gauxar Eshmuratova olib bordi.

Treningning asosiy maqsadi ishtirokchilarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga o‘rgatiladigan mehnat turlari haqida nazariy va amaliy bilimlar berish, shuningdek, “Pinboard” metodini ta’lim jarayonida samarali qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarning hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Jarayonda fikr-mulohazalar almashildi, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!